Asiruddin Axsikatiy (toʻliq ismi Abulfazl Muhammad Tohir Asiruddin Axsikatiy) (1108Gʻ1110, Axsikat shahri – 1196/1198, Janubiy Ozarbayjon Xalxol shahri) – shoir. Boshlangʻich ma’lumotni Axsi-katda olgach, Balx, Hirot, Marvga borib, riyoziyot, tabobat, kimyo, nujum, falsafa va boshqa fanlarni oʻrganadi. Koʻchmanchi oʻgʻuz qabilalarining 1156-yilgi qoʻzgʻolonidan keyin Sulton Sanjar saltanati inqirozga uchragach, A. A. Xurosondan Ajam Iroqi (Gʻarbiy Eron)ga keladi. U yerda Arslon ibn Tugʻral (1160 – 79) va Qizil Arslon (1185 – 91) saroyida xizmat qildi. Qizil Arslon davrida malik ush-shuaro unvoniga musharraf boʻldi. Lekin koʻp oʻtmay, tuhmatga uchrab saroydan haydaladi. A. A. ijodiy merosi 120 qasida, 220 gʻazal, 80 qit’a, 80 ruboiy, 4 tarkibband va tarje’band, 24 qit’adan iborat. 1313-yilda xaggot Abdulmoʻmin tarafidan koʻchirilgan devoni 13300 misradan tashkil topgan. Gʻazallarida muhabbat, tabiat goʻzalliklari, Vatanni qoʻmsash, shohlarni insof-adolatga chaqirish gʻoyasi asosiy oʻrinni egallaydi. Ba’zi asarlarida zamona nosozligi, ayrim amaldorlarning ta’magirligidan shikoyat qilgan. Devoni Tehronda nashr etilgan (1958), qoʻlyozmasi hozirgi Londondagi "India Offis" kutubxonasida saqlanadi. Manbalar
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Asiruddin Axsikatiy · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.