Protistologiya (yunoncha: protistos — eng birinchi va ... logiya) — biologiyaning bir hujayrali organizmlar — protistlarni oʻrganadigan boʻlimi. "Protistlar" terminini 1866-yilda nemis olimi E. Gekkel kiritgan va koʻp hujayrali oʻsimliklar va hayvonlar bilan bir katorda bakteriyalar, eng sodda hayvonlar, bir hujayrali suv-oʻtlar va tuban zamburugʻlarni oʻz ichiga olgan Protistlar dunyosini taklif etgan. Hozir ayrim olimlar Protistlar dunyosiga faqat eukariot organizmlar: eng sodda hayvonlar, ayrim suvoʻ-tlar va zamburugʻlarni kiritishadi. Boshqa bir guruh olimlar Protistlar dunyosiga yadroli barcha suvoʻtlar va tuban zamburugʻlarni ham kiritishni taklif etishadi. "Protsitlar" termini baʼzan protozoologiya sinonimi sifatida ham qoʻllanadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar