Perlit (frans. perle — marvarid) — konsentrik-poʻstloqsimon strukturali nordon vulkan shishasi. Tarkibi nordon lavalarnikiga oʻxshash. Unda SiO2 (65-75%), A12O3 (10-15%), oz miqdorda Fe2O3, CaO, MgO, SO3 va 1 — 9% gacha suv boʻladi. Chizigʻi boʻyicha sindirilganda pusti marvarid kabi yaltiraydigan kichik sharchalarga boʻli-nadi. Teksturasi massivli yoki gʻovakli. P. vulkanik shishani sovishida gidratatsiya jarayoni qoʻshilganda yoki vulkanik shishaga keyinchalik gidrotermal suv taʼsir etganda hosil boʻladi.

Zichligi 2300–2390 kg/m3, gʻovakligi 1,8—2% dan 70% gacha. P. 850—1200° gacha qizdirilganda yumshaydi, tarkibidagi suv bugʻga aylanadi, yumshagan jins shishib, 10—20-marta kattalashadi. Shishgan P. donachalarining hajmiy ogʻirligi 30—40 dan 350–400 kg/m3 gacha boʻladi. Ular qum va shagʻal oʻrnida, yengil beton bogʻlovchisi sifatida, issiklik izolyasiya materiallari tayyorlashda ishlatiladi. P.dan kimyo, neftni qayta ishlash, oziqovqat, doridarmon, shisha sanoatlari va qishloq xoʻjaligida foydalaniladiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar