Ali Doʻst Noyi (XVI asr oxiri - XVII asr boshlari) — musiqashunos, sozanda-bastakor. Bastakor va musiqashunos Maxdumzoda Xorazmiyning shogirdi. Koʻpgina amallar va mustahil (yangi oy) nomli cholgʻu asarlarining muallifi. Hisorda, keyinchalik Balxda yashagan. Bu yerda taniqli sanʼatkor Abdulloh Noydan taʼlim oladi, Termizdagi sanʼatkorlar homiysi Mirarab huzurida ijod qiladi. Xojagi Jaʼfar Qonuniy, Amir Masti Qobuziylar bilan bir katorda Ali Doʻst Noyi Darvishali Changiyning „Tuhfat us-surur“ („Shodlik tuhfasi“) asari uchun qimmatli maʼlumotlar bergan.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Ali Doʻst Noyi · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.