Oqshoʻlaq — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidagi shaharcha (1992-yildan). Yaqin temir yoʻl stansiyasi – Qirqqiz. Aholisi 1 ming kishini tashkil etadi (2000). Oqshoʻlaqda umumiy taʼlim maktabi, kutubxona, klub, dorixona, tibbiy davolash muassasalari, savdo, madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Maktabi Oqshoʻlaqda faqat bitta № 31 sonli umumltaʼlim maktabi mavjud. Lekin bu maktab 2017-yilda qayta taʼmirdan chiqqan va unda hozirgi zamonga mos texnologiyalarning hammasi bor. Maktabda oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, rus sinflari bor. left|frameless|252x252px|31-maktab|border
Oqshoʻlaqdagi Uz-Kor Gas Chemical korxonasi Oqshoʻlaqda Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi, „Oʻzbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasi va Koreya kompaniyalari konsorsiumi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish doirasida paritet asosida "Uz-Kor Gas Chemical" mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklida qoʻshma korxona tashkil etildi. Loyiha Koreya Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi strategik hamkorlikni anglatadi. Loyiha butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi Koreya kompaniyalarining eng yirik investitsiya investitsiyalaridan biridir. center|thumb|600x600px|Uz-Kor Gas Chemical center|thumb|606x606px|Zavodning kechki koʻrinishi
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston:Shaharchalar Turkum:Qoʻngʻirot tumani aholi punktlari