Oqmangʻit — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumanidagi shaharcha (1980-yildan), tuman markazi. Tumanning shimoliy qismida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Nukus (18 km). Aholisi 8,1 ming kishini tashkil etadi (2000). Oqmangʻitda umumiy taʼlim maktablari, klub, kutubxonalar, kasalxona va boshqa davolash muassasalari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shahobchalari faoliyat koʻrsatadi. Oqmangʻit — Nukus yoʻnalishida avtobus qatnaydi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston:Shaharchalar Turkum:Qoraqalpogʻiston shaharlari Turkum:Nukus tumani