Oksidimetriya (nemischa, oxydiren -oksidlash va yun. metreo — oʻlchayman), aniqrogʻi redoksimetriya — oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslangan miqdoriy analiz usullari majmui. O. yodometriya, permanganatometriya, bromatometriya, titanometriya, serimetriya kabi bir qancha usullarga boʻlinadi. O. anorganik va organik moddalarni analiz qilishda keng qoʻllanadi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi