Nuriston – Oʻzbekiston Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi shaharcha (1992-yildan). Yaqin temir yoʻl stansiyasi – Jayron (6 km). Viloyat markazi (Qarshi shahri)gacha 50 km. Aholisi 10,5 ming kishi (2003). Jami 35 millat vakillari yashaydi. Qarshi magistral kanalidan suv oladi. Maʼmuriy idoralar, aloqa boʻlimi, suv tozalash inshooti, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, 1768 oʻrinli umumiy taʼlim maktabi, maʼnaviyat va maʼrifat markazi, kasalxona, dorixona borOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. Shaharchada 3 ta mahalla mavjud boʻlib, bular „Nuriston“, „Nurchi“, „Kimyogar“ mahallari.

Taʼlim Shaharchada 5 ta ummumiy oʻrta taʼlim maktabi, 1 ta kollej, 1 ta nodavlat umumiy oʻrta taʼlim maktabi, 4 ta davlat matabgacha taʼlim tashkiloti, 6ta xususiy bogʻcha mavjud. Jumalada,48,46, 20, 35, 38 umumiy oʻrta taʼlim maktablari, Nishon energetika kolleji, Beruniy school nodavlat umumiy oʻrta taʼlim maktabi.

Manbalar

Turkum:Nishon tumani shaharchalari